Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish masalasi doimiy komissiya muhokamasida
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi tadbirlar o‘rganildi
янв.21
Sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini ta’minlash – doimiy e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari ishtirokida sessiyalarni o'tkazish va sessiya ma'lumotlarini yig'ish bo'yicha suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Deputat O‘. Shukurov savdo markazidagi narx-navolarni o‘rgandi
янв.21
Senat tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etildi.
янв.21
Xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati deputat nazoratida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Oshiq ota ziyoratgohida hashar tashkil etildi
янв.21
MIRZATO‘P MFYDA ASFALTLASH ISHLARI OLIB BORILDI
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish ishlari doirasida Marg‘ilon shahridagi Yoyilma MFYda Temur Malik va Aslobod ko‘chalarini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi.

 O‘rganishda kotibiyat mudiri A.Ermatov, hudud deputati X.Abduraxmonov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda mahalla raisi ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida ko‘chaning qatnov qismida nosozliklar mavjudligi, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida yo‘l yaroqsiz holga kelib, aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi. Bu holat fuqarolar murojaatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori mazmun-mohiyati o‘rganilib, unda ichki yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlari mahalliy budjet mablag‘lari asosida amalga oshirilishi, manzilli ro‘yxatlar shakllantirilishi hamda avariya holatlarida qo‘shimcha obyektlarni dasturga kiritish tartiblari belgilab qo‘yilgani qayd etildi.
O‘rganish yakunida Kanal bo‘yi ko‘chasini asfaltlashtirish masalasini hal etish yuzasidan shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi. So‘rovda hududdagi mavjud muammolar, fuqarolar murojaatlari va yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar aks ettiriladi.

Slide 1 of 6