Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika hamda Endokrinologiya kafedralari mutaxassislari ishtirokidagi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi erkaklar muruvvat uyida tibbiy tadbir tashkil etildi.

Erkaklar muruvvat uyida istiqomat qiluvchi bemorlar uchun deputatlar tomonidan tashkil etilgan keng qamrovli tibbiy ko‘rik tadbirida shifokorlar har bir bemorni alohida ko‘zdan kechirib, ularning salomatligini chuqur tahlil qildilar va zarur tavsiyalar berdilar.  

Muruvvat uyida yashovchi fuqarolarga ko‘rsatilgan bunday qo‘shimcha tibbiy ko‘riklar ularning nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatini ham qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi.  

Ushbu tadbir mehr-oqibat, sahovat va insonparvarlik qadriyatlari jamiyatimizda ustuvor ekanligining yana bir yorqin ifodasidir.

Slide 1 of 4