Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova Sh. Rashidov mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholining muammolari va ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan fuqarolar bilan ishlash, muammolarni aniqlash va hal etish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bu kabi o‘rganishlar hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.