Hududlarda olib borilayotgan ijtimoiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Gulbahor Xoliqulova tomonidan Quyidarg‘om mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish jarayoni atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla aholisi bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam hamda ijtimoiy xizmatlarning sifati tahlil qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrif ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, aholi bilan ishlashda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.