Deputat va “Yoshlar maslahat guruhi” hamkorligi
O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-sonli Qonunining hududdagi ijrosini nazorat qilish maqsadida “Aeroport” mahallasida joylashgan 2-sonli umumta'lim maktabida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Chorshanbiyeva, xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorov hamda kun tartibidagi masalaga aloqador tashkilot mutasaddilari ishtirokida nazorat-tahlil tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayri ijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, voyaga yetmaganlarning huquqlari va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.