Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
O'zbekist Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik maslalari qo'mitasi va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining qo'shma sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada Mirobod tumani II OFM boshqarmasi boshlig'i U.NAsritdinov hamda tuman prokurori B.Abdullayevning hisobotlari tinglandi. Muhokamada tuman hokimi Anvar Sayfutdinov so‘zga chiqib, tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Sessiya kun tartibi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qarorining Mirobod tumanida 2026-yilning birinchi chorakda ijrosi haqida. 

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-185-son Farmonining Mirobod tumanida 2026-yilning 1-chorakda ijrosi to‘g‘risida.

3. Mirobod tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2026-yilning 1-choragida qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarini bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

4. Mirobod tuman Soliq inspeksiyasining 2026-yil birinchi chorakda mahalliy byudjetlar daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, norasmiy bandlik va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

5. Mirobod tumanida mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish, uning birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlash hamda aholi muammolarini hal еtish borasida O‘zbekiston mahalla uyushmasi Mirobod tuman bo‘limining 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar 2026-yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida.

6. Mirobod tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida.

7. Mirobod tumanida besh muhim tashabbus doirasida futbol va mini futbol boʻyicha “Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi”, kurash boʻyicha “Prokuror kubogi”, voleybol boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Shijoat va gʻayrat” harbiy-sport musobaqalarini tuman bosqichini o‘tkazish, g‘olib va sovrindorlarni rag‘batlantirish to‘g‘risida.

8. Mirobod tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.

9. Mirobod tumani mahalliy byudjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.

10. Boshqa masala.

 Sessiya davomida tumanda xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mahalliy budjet daromadlari, mahalla institutini rivojlantirish, yoshlar siyosati, sport tadbirlari, infratuzilma va ijtimoiy barqarorlikka doir muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

 Muhokamalar deputatlar tomonidan tahliliy yondashuv asosida, savol-javoblarga boy tarzda bo'lib o'tdi. Ko'rib chiqilgan masallalar yuzasidan qarorlar qabul qilinib, ijroga yo'naltirildi.

Slide 1 of 10