Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlari hamda Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi va viloyat deputati Komilov Jamol Mustafaqulovich bilan hamkorlikda deputatlar uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar boshida Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi hamda viloyat deputati Komilov Jamol Mustafaqulovich deputatlarga yaqinda Senatda o‘tkazilgan kengash raislari va hokimlar uchun tashkil etilgan o‘quv kurslarida berilgan amaliy tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar asosida hududlarda deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, qonunlarni amalda qo‘llash va saylovchilar bilan muloqotni mustahkamlash borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, tuman deputatlarga huquqiy savodxonlikni oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni joylarda targ‘ib qilish va aholiga huquqiy tushuntirishlar berish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Seminarda shuningdek, deputatlarning hududlarda olib borayotgan ishlariga oid savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, kelgusidagi ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Slide 1 of 5