Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi raisi J.Turmaxanov tomonidan tumandagi mahallalarda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida joylarga chiqildi. O‘rganish davomida, ayniqsa, mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli va tizimli tashkil etilishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda o‘z vaqtida to‘lab berish jarayonlari batafsil tahlil qilindi. Ushbu yo‘nalishda mavjud muammolar, byurokratik to‘siqlar hamda aholining murojaatlari asosida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarildi.

O‘rganish jarayonida tuman Inson ijtimoiy markazi direktori Sh.Bobomuratov bilan birgalikda amaldagi ishlar ko‘lami ko‘zdan kechirilib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, yordamga muhtoj oilalarni to‘liq qamrab olish hamda ularning turmush darajasini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ularning mas’uliyatini oshirish va xizmat ko‘rsatish jarayonida inson omiliga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Kelgusida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish, aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob berish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish rejalashtirildi.

Slide 1 of 7