Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB

Deputat S.Keldibekova tomonidan "Adirobod" mahallasidagi S.Zunnunova ko‘chasining 200 metr hamda Yangihayot ko‘chasining 100 metr qismi shag‘allashtirilmaganligi sababli yog'ingarchilik paytida yuzaga kelayotgan noqulayliklar yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga rasmiy so'rov kiritilgan edi.

Ko'rilgan choralar va natija:

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasining rasmiy javobiga ko'ra, mazkur ko'chalardagi holat to'liq o'rganib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yildagi 665-sonli qaroriga muvofiq:

S.Zunnunova va Yangihayot ko‘chalari boshqarma tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilgi Manzilli ro‘yxatga kiritildi.

Dastur doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ushbu ko‘chalarda shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur yo'llarni ta'mirlash va aholiga qulaylik yaratish masalasi deputat nazoratiga olingan.