Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Kengash faoliyatidan

Ohangaron tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi faoliyatida
sessiyalar oldidan amalga oshiriladigan deputatlik nazorati o‘rganishlari muhim
o‘rin tutadi. Mazkur jarayon doirasida Qonunlar, Prezident hujjatlari, Oliy Majlis
palatalari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, hududiy rivojlantirish dasturlari
hamda mahalliy Kengash qarorlari ijrosi tizimli ravishda tahlil qilib boriladi.
 

2026 yil 21 aprel kuni ham shu kabi
navbatdagi o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashining “Korrupsiyaga
qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat
Shoira To‘laganova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamkorligida amalga
oshirildi.
 

O‘rganish tuman Kengashining 2026 yilga
mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq tashkil etilib, unda asosiy e’tibor navbatdagi
sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala — tuman Ichki ishlar bo‘limi
tomonidan 2026 yil birinchi choragi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning
oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot muhokamasiga qaratildi.
 

Deputatlik nazorati davomida tuman Ichki
ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Jamshid Xaydarov tomonidan taqdim
etilgan hisobot joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Unga ko‘ra, hududda jinoyatchilikning
oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash
hamda tezkor-profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan
ishlar birma-bir tahlil qilindi.
 

Shuningdek, sohadagi mavjud holat, profilaktik
chora-tadbirlarning samaradorligi va aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish
yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Xususan, jamoat xavfsizligini ta’minlashda
profilaktik ishlarning manzilliligi, mahallalar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda
huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga
alohida e’tibor qaratildi.
 

Bu kabi deputatlik nazorati o‘rganishlari
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini
oshirishga, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishda tizimli yondashuvni kuchaytirishga
xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 3