Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Deputat faoliyatidan

 Aholi bilan ochiq muloqot — muammolar yechimiga yo‘l 

Xalq deputatlari
Ohangaron tuman Kengashi deputatlari aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularning
taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarni izchillik
davom ettirishmoqda. Ana shunday muloqotlardan biri Xalq deputatlari tuman Kengashi
deputati Noila Kuchkarova tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Chuvildoq”
mahallasida tashkil etildi. 

Ochiq muloqot davomida
mahalla aholisi bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar,
ijtimoiy muammolar va ularning yechimiga doir takliflar tinglandi. Ayniqsa, mahalla
tizimida muhim o‘rin tutuvchi “ettilik” faoliyati samaradorligini yanada oshirish
masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 

Suhbat jarayonida
fuqarolar tomonidan mahalladagi ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ehtiyojmand
oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga
qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Deputat ushbu takliflarni
atroflicha o‘rganib, ularni tizimli ravishda amalga oshirish yuzasidan tegishli
choralar ko‘rishni rejalashtirib oldi. 

Shuningdek, mahalla
“ettiligi” a’zolari bilan alohida muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyatidagi ustuvor
yo‘nalishlar, mavjud muammolar va imkoniyatlar tahlil qilindi. Mahallada ijtimoiy-iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirishda “ettilik”ning
o‘rni muhim ekani qayd etildi. 

Uchrashuv yakunida
bildirilgan barcha taklif va muammolarni umumlashtirish, ularni bosqichma-bosqich
hal etish hamda mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq
vazifalar belgilab olindi.  

Slide 1 of 5