Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Doimiy komissiyada agrar va suv xo‘jaligi masalalari muhokama

                            Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda VII chaqiriqning 17-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan dolzarb masalalar dastlabki tarzda atroflicha va har tomonlama muhokama qilindi. Yig‘ilishda, avvalo, tuman qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini samarali yuritishda muhim ahamiyat kasb etuvchi masalalardan biri — 2026 yil 1 apreldan 30 sentyabrga qadar bo‘lgan vegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratiladigan suv limitini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Mutasaddi tashkilotlar va soha mutaxassislari tomonidan suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, suv taqsimotini adolatli tashkil etish, shuningdek, suv tanqisligi kuzatilishi mumkin bo‘lgan hududlarda oldindan chora-tadbirlar belgilash yuzasidan takliflar bildirildi. Ta’kidlanganidek, suv limitini aniq va asosli belgilash qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, yig‘ilish davomida tumanda suv bilan barqaror ta’minlangan hamda suv ta’minotida muammolar mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash masalasi ham keng muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishda adolatli yondashuvni ta’minlash, har bir fermer xo‘jaligi va dehqonlarning real ehtiyojlarini inobatga olish, muammoli hududlarga ustuvor e’tibor qaratish zarurligi alohida qayd etildi. Komissiya a’zolari tomonidan ushbu ro‘yxatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va mulohazalar ilgari surildi. Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi hamda ularni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shu orqali qabul qilinishi kutilayotgan qarorlar tumanda qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish, suv resurslaridan samarali foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 5