Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
DEPUTAT NAZORATI

 Joriy yilning 21-aprel kuni xalq deputatlari shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri E.Davlatov va bosh mutaxassisi M.Xudayberdiyevalar O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida” 2022-yil 22-iyuldagi 784-son Qonuni shahardagi ijrosi yuzasidan “Navoiy suv ta’minoti” AJ Zarafshon shahar bo‘limining shaharda aholini sovuq suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi. O‘rganish davomida shahardagi 371 ta ko‘p qavatli uylarning barchasi oqova suv tarmog‘i bilan to‘liq ta’minlanganligi, ichimlik suvi quvurining umumiy uzunligi 164,5 kmni, oqova suv tarmog‘ining umumiy uzunligi – 94,3 kmni tashkil qilishi,
ichimlik suv quduqlari soni 741 donani, oqova suv quduqlari soni 2624 donani tashkil etishi, umumiy ichimlik suvi tarmoqlari uzunligi 164,5 km, oqova suv tarmoqlari esa 94,3 kmni tashkil etishi, “Navoiy bunyodkor avto servis” MChJ tomonidan shaharning ichimlik suvi aylanma tarmog`i yangilanayotganligi aniqlandi. Shuningdek, suv tozalash inshootida kanalizatsiyadan keladigan suvlarni 3 bosqichda tozalash (mehanik, biyologik, kimyoviy) jarayoni bilan tanishildi.
Deputat tomonidan shahar aholisini ichimlik suvi bilan o‘zliksiz ta’minlash, kanalizatsiya tizimi holatini doimiy nazoratga olib borish, shahar aholisi uchun yetkazib berilayotgan ichimlik suvi sifati davlat standarti talablari doirasida yetkazilishini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi. 

  

   

Slide 1 of 5