Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-378-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi Boliob mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rgandi.

✔️O‘rganish jarayonida mahallada aholining murojaatlarini qabul qilish, ularni ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va qonuniy muddatlarda javob berish tizimi tahlil qilindi. Shuningdek, murojaatlarning mazmuni, ular bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

✔️Aniqlanishicha, mahallada fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ayrim murojaatlarni ko‘rib chiqishda muddatlarga rioya qilish va ijro intizomini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan deputat tomonidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar va amaliy tavsiyalar berildi.

✔️Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarning ayrimlari joyida hal etildi, elektr ta’minotidagi muammolar bo‘yicha tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O.Usmonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

✔️Mazkur o‘rganish fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda qonun talablarining ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4