Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Deputat nazorati

 Xalq
deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati Shaxlo Ko‘chimova tomonidan joylarda
amalga oshirilayotgan o‘rganish ishlari doirasida “Yonariq” mahalla fuqarolar yig‘inida
joylashgan Aqcha ko‘chasidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan o‘rganish
alohida ahamiyat kasb etdi.
 

Mazkur
o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi kotibiyati mutasaddilari
ham ishtirok etib, ta’lim muassasasidagi mavjud holatni har tomonlama tahlil qildi.
Bu esa o‘rganishning ochiqlik va samaradorlik tamoyillari asosida tashkil etilganini
ko‘rsatdi.
 

Deputat
maktab direktori bilan suhbat o‘tkazib, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan atroflicha
ma’lumot oldi. Suhbat davomida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga to‘sqinlik
qilayotgan ayrim kamchiliklar ham aniqlandi.
 

O‘rganish
davomida maktab huzurida faoliyat yuritayotgan kutubxonaga ham alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur kutubxona nafaqat o‘quvchilar, balki mahalla aholisi va yoshlari uchun ham
xizmat qilib, hududda kitobxonlik muhitini shakllantirishda muhim o‘rin tutayotgani
qayd etildi. Shu bilan birga, kutubxona binosining ta’mirtalab holatda ekani, kitoblarni
saqlash sharoitlari talab darajasida emasligi hamda fondni zamonaviy adabiyotlar
bilan boyitish zarurligi ma’lum bo‘ldi.
 

Maktab
rahbarining ma’lum qilishicha, ta’lim muassasasi binosi 2026 yil dasturiga kiritilgan
bo‘lib, rejaga ko‘ra, kapital ta’mir ishlaridan so‘ng kutubxona uchun keng va yorug‘
xonalar ajratish, uni yangi kitoblar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
 

Mazkur
o‘rganish yakunlariga ko‘ra, mas’ullar tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf
etish, ta’lim sifati va infratuzilmani yanada yaxshilash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni
belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi ta’kidlandi. Bu kabi amaliy o‘rganishlar
esa hududlarda ta’lim tizimini rivojlantirish va aholi ehtiyojlariga yaqindan yondashishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
  

Slide 1 of 2