Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
O'rganish

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi faoliyati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

 O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali daromad manbalarini kengaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar holati tahlil qilindi.

 Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini hal etishdagi amaliy natijalar alohida ko‘rib chiqildi.

  Shuningdek, mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

 Shu bilan birga, bandlik ko‘rsatkichlarini oshirish, aholini kasb-hunarga o‘qitish, subsidiyalar va kreditlar ajratish mexanizmlaridan samarali foydalanish hamda manzilli ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

 O‘rganish yakunlari bo‘yicha sohaga oid ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, aholining real daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5