Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining mustahkam poydevori

Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining mustahkam poydevori

2026-yil 26-mart kuni Namangan shahar Kengashi deputati Gaffarova Shoira Shavkatovna tomonidan o‘zi saylangan hudud — “Kurashxona” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tkazilib, fuqarolarning muammo va takliflarini bevosita tinglash hamda ularning yechimiga amaliy yondashish maqsadini ko‘zladi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqildi. Deputat tomonidan har bir masalaga individual yondashilib, muammolarning kelib chiqish sabablari, ularning ijtimoiy ahamiyati hamda yechim yo‘llari atroflicha tahlil qilindi.

Aholining kundalik turmushiga daxldor bo‘lgan bir qator masalalar deputatning bevosita aralashuvi, tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor choralar natijasida shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

Yo‘naltirilgan murojaatlar:

Batafsil o‘rganish va vaqt talab qiladigan, dolzarb yo‘nalishlarga oid murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilmoqda. Ushbu murojaatlarning ijrosi qat’iy nazoratga olinib, muddatlar va mas’ullar faoliyati alohida nazorat qilinishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida Shoira Gaffarova alohida ta’kidlab o‘tdiki, deputat uchun eng muhim vazifa — xalq bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularning dardu tashvishlarini chuqur his etish va amaliy yechimlar orqali fuqarolar hayotini yanada farovon qilishga hissa qo‘shishdir.

Shuningdek, bunday qabullar aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda jamiyatda ijtimoiy adolatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 8