Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 13- 17-aprel kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:

🪐 Hafta davomida:

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputatlarining 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvaliga muvofiq uchrashuvlarni tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

Mas'ullar: Kotibiyat mudiri: A.Pardayev, bosh mutaxasssislar B.Qurbonov, E.Eshonqulov.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputalari o‘z saylangan okrugi hududidagi mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv va qabullar, o‘rganishlar olib borish va ijtimoiy tarmoqlarda, televidiniye, radio va bosma nashrlarda haftalik chiqishlari yuzasidan reja-jadval asosida ishlarni amalga oshirish.

Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Bandixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi asosida nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish.

Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov.

✅O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi KQ-35-V-sonli qarori asosida deputatlarning "mahalla yettiligi" bilan hamkorlik faoliyatiga ko'maklashish va natijasini ijtimoiy tarmoqlarda ommaga yoritish.

Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov.

✅Hududlarda o'rganishlar davomida aholi muammo va murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlarini chiqarish va ijrosini nazoratga olish.

Mas'ullar: Kotibiyat bosh mutaxassislari B.Qurbonov, E.Eshonqulov.

✅Shuningdek, Kengash xronametraji asosida kunlik ishlarni bajarish, Kengash qarorlari bajarilishi ijrosini nazorat qilish, O'tgan hafta davomidagi aholi murojaatlari tahlili, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holatini tahlili va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish.

Mas'ullar: Kotibiyat bosh mutaxassislari B.Qurbonov, E.Eshonqulov.

✅Hafta so'ngida Kengashning haftalik dayjestini ijtimoiy tarmoqlarda yoritish, Kelgusi hafta uchun Kengash ish rejasini ishlab chiqish.

Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov.

Slide 1 of 1