Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati M.Isroilovaning deputat so‘roviga asosan, “Jizzax suv ta’minoti” AJ Zarbdor tuman filiali tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, tumandagi ko‘p qavatli uy-joylarni zamonaviy muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlash borasida quyidagi ishlar rejalashtirilmoqda:

📌Loyiha manzili: “Sharq Yulduzi” MFY hududi.

✍️ Reja: 3 ta ko‘p qavatli (36 xonadonli) uy-joylar uchun yangi oqova suv (kanalizatsiya) tizimini barpo etish.

 👍 Texnik ko‘rsatkichlar: 1,5 km uzunlikdagi tarmoq va 1 ta bioland (tozalash inshooti) qurish.

💰 Loyiha qiymati: 2 000,0 mlrd so‘m.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar: Hozirgi kunda mazkur loyihani davlat dasturlariga kiritish va zarur mablag‘larni ajratish bo‘yicha tuman hokimligi hamda “Jizzax suv ta’minoti” AJga rasmiy so‘rovnomalar yuborildi.

Slide 1 of 1