Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 13-Adirobod saylov okrugidan saylangan deputat S.Keldibekova tomonidan Adirobod mahallasidagi ta’mirga muhtoj ichki ko‘chalar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida S.Zunnunova hamda Yangihayot ko‘chalarning ayrim qismlari qoniqarsiz holatda ekani, ularni shag‘allashtirish va tartibga keltirish zarurligi aniqlandi.
🛣 Shuningdek, hudud aholisi tomonidan deputatga ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik so'rovi yuborilishi belgilandi.