Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat va mahalla hamkorligi — muammolar yechimida muhim qadam

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Sadikova "Turkman" mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, mahalla “yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar samaradorligi alohida ta’kidlandi. Deputat va mahalla faollari o‘zaro hamjihatlikda hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etish, aholining turmush farovonligini oshirish yo‘lida faol ish olib borayotganini qayd etdi.

Bu kabi uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2