Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat Sinchi mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi

Sinchi mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun muhim uchrashuv tashkil etildi. Unda xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, hududdagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan batafsil axborot berildi.

Uchrashuv davomida aholi o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi hamda dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Deputat esa har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, tegishli choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Bunday ochiq muloqotlar fuqarolar bilan aloqalarni mustahkamlash va muammolarni tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1