Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati X.Jumaboyev hududdagi boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari hamda ularning atrofidagi hududlarning sanitariya holati, tozaligi va yoritilish darajasini atroflicha o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitini yaratish, hududlarni obodonlashtirish hamda tungi yoritishni yaxshilash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish lozimligi alohida ta’kidlandi.
Birgalikda ishlash — farovon va xavfsiz mahalla sari qadam!