Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Deputat Mamanova Karomat hamda kotibiyat bosh mutaxassislari tomonidan tumandagi kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–98-son Farmoni hamda PQ–49-son qarori ijrosi doirasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hududda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bandlik dasturlari ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

“O‘rganish natijalari bo‘yicha mas’ullarga ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.”

Slide 1 of 6