Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida 

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yaniyev shahar tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

 Tadbir Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda Amir Temur hayoti va merosini yorituvchi taqdimotlar o‘tkazildi.

Tadbirdan so‘ng rais Prezidentning PQ-71 sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. U korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari, erta tug‘ruqning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar va bepul dori vositalarini tarqatish jarayonlariga to'xtalib o'tdi. Shuningdek, shahar sog‘liqni saqlash xodimlariga fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunning mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumot berdi, qonunni targ‘ib qildi va aholining salomatligi uchun amalga oshirilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Ushbu tadbir shahar sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va davlat dasturlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Shu bilan birga, aholi bilan muloqot o‘tkazilib, ularning ehtiyojlari va takliflari tinglandi, shahar sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar berildi. 

Tadbir oxirida barcha ishtirokchilar salomatlik va madaniyat sohasidagi dasturlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirildi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5