Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Bo‘ston mahallasida xotin-qizlarni himoya qilishga doir qonun ijrosi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonunining 13-moddasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ushbu yo‘nalishdagi muhim vazifalari belgilab berilgan.

Mazkur modda talablaridan kelib chiqib, Ishtixon tumani Bo‘ston mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Unda Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati M.Raximov hamda tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Chinorova ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat dasturlarining joylardagi ijrosi, shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik holati atroflicha tahlil qilindi. Ayniqsa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish yo‘nalishidagi ishlar e’tibor markazida bo‘ldi.

Shuningdek, qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan manzilli choralar muhokama qilindi.

📌 O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, Bo‘ston mahallasida mazkur qonun talablarini hayotga tatbiq etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bu yo‘nalishda hamkorlikni yanada kuchaytirish, profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda qonun ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda jamiyatda barqaror ijtimoiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2