Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
#24_ta_masala ✔️Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashidagi O’ZLIDEP deputati

️Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashidagi O’ZLIDEP deputati 

K. Kasimova tomonidan o‘z saylov okrugidagi Qo‘rg‘oncha mahallasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda tizimli o‘rganish ishlari olib borildi.

✔️Mazkur o‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud imkoniyatlar, aholi bandligi darajasi hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari atroflicha tahlil qilindi. Xususan, fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari doirasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Shuningdek, mahalla aholisining murojaatlari tinglanib, ularning muammolari, taklif va tashabbuslari o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan asosan bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, zarur infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy masalalarga oid qator takliflar bildirildi.

✔️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish hamda fuqarolar murojaatlarini manzilli hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq vazifalar belgilab olindi.

✔️Mazkur tashrif va o‘rganish ishlari hududni kompleks rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish hamda fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2