Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
#Deputat_sorovi

✔️Toyloq tumanining Bogʻizogʻon mahallasi, Navbahor qishlog‘ida istiqomat qilayotgan aholi tomonidan muammo ko‘tarildi. Mazkur hududda bugungi kunda 300 dan ortiq xonadonda 1500 nafarga yaqin aholi yashab, u aholi zich joylashgan maskanlardan biri hisoblanadi.

✔️Hudud yonidan oqib o‘tuvchi buloq suvlaridan tashkil topgan zovur (kanal) “Bog‘izog‘on”, “Yangi Hayot” hamda “O‘zbekiston” mahallalari o‘rtasida tabiiy to‘siq vazifasini bajarib, aholi harakatlanishida qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.

✔️Xususan, Navbahor qishlog‘i aholisi foydalanadigan qabriston qo‘shni “O‘zbekiston” mahallasi hududida joylashgani sababli, janoza marosimlari vaqtida mayyitni uzoq aylanma yo‘llar orqali olib borishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa masofaning sezilarli darajada ortishiga olib kelib, ayniqsa qishning sovuq va qorli kunlarida aholiga jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda.

✔️Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida zovur ustidan piyodalar hamda yengil transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan ko‘prik qurish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu ko‘prik nafaqat uchta mahallani o‘zaro bog‘lash, balki qabristonga borish yo‘lini qisqartirish va aholiga qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

✔️E’tiborlisi, ko‘prik qurilishi xarajatlarini aholi o‘z homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirish majburiyatini zimmasiga olishga tayyor ekanini bildirgan. Bu esa fuqarolarning tashabbuskorligi va hamjihatligini yaqqol namoyon etadi.

✔️Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan rasmiy so‘rov yuborildi. Unda “Darg‘om irrigatsiya tizimi” boshqarmasidan ko‘prik qurilishi bo‘yicha belgilangan tartibda masalani ko‘rib chiqish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda texnik shartlar berish hamda zarur ruxsatnomalarni olishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

✔️Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga belgilangan muddatlarda javob taqdim etilishi lozimligi eslatib o‘tilgan. Ushbu tashabbus amalga oshirilsa, hudud aholisi uchun muhim infratuzilma muammosi ijobiy hal etilishi kutilmoqda.

🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi