Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
#faoliyat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining bir guruh deputatlari hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassislari Olmaliq KMK AJ tarkibidagi ulkan loyiha — yangi 3-Mis boyitish fabrikasiga (3-MBF) tashrif buyurishdi.

🎯Tarixiy ahamiyat:

Xabaringiz bor, yaqinda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurib, ushbu fabrikani ishga tushirish marosimida ishtirok etgan edilar. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, 3-MBF Yangi O‘zbekistonning tog‘-kon va metallurgiya sanoatini mutlaqo yangi texnologik bosqichga olib chiqishda bosh omil bo‘lib xizmat qiladi.

🔍Tashrif tafsilotlari:

Deputatlar fabrikada joriy etilgan eng zamonaviy texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish unumdorligi va xorijiy hamkorlar bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali munosabatlarni bevosita ko‘zdan kechirishdi. Ushbu majmua nafaqat iqtisodiy quvvat, balki minglab yangi ish o‘rinlari va innovatsiyalar maskani ekanligi alohida e’tirof etildi.

🤝Xalq vakillaridan e’tirof:

O‘rganish yakunida deputatlarimiz bunday ulkan qurilish va ishlab chiqarish jarayonida zahmat chekayotgan barcha muhandis-texnik xodimlar va ishchi-xizmatchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotgan jamoaga kuch-quvvat va kelgusi faoliyatida zafarlar tilab qolishdi.

Slide 1 of 10