Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Andijonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining axborot maydonidagi faoliyati kuchaytirilmoqda

Andijonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining axborot maydonidagi faoliyati kuchaytirilmoqda

2026 yil 25 mart kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Seminar Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyati hududiy boʻlinmasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari xodimlari hamda mahalliy OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish orqali davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, deputatlar va xalq oʻrtasidagi muloqotni kuchaytirish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish orqali fuqarolarning vakillik organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashdan iborat boʻldi.

Slide 1 of 5