Hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, aholiga amaliy yordam ko‘rsatildi va barcha jarayonlar nazorat qilindi.
Tashrif davomida quyidagi masalarga e’tibor qaratildi:
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi va yoshlar bandligi
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holati
Mahalladagi sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari hamda jihozlari holati
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari
Mahalladagi ijtimoiy xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam va nafaqalar tayinlanishi
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi
Soliq inspektori tomonidan yuklatilgan masalalar bajarilishi
Ichki ko‘cha yo‘llari, ularning kechqurun yoritilishi, transport tirbandligi va yo‘l harakati xavfsizligi
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati
Radjabova Sabiha Musinovna hududdagi barcha ishlarni ko‘rib chiqdi, aholi murojaatlarini tingladi va masalalarni hal etish yuzasidan tegishli idoralar bilan hamkorlik qilinishini ta’kidladi.
Bunday tashriflar mahallalardagi muammolarni joyida hal etish, aholiga amaliy yordam ko‘rsatish va hududni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.