Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan Xonchorbog‘ MFYda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli Ahadova Ro‘zigulning ish faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning muammolari va ehtiyojlarini aniqlash borasidagi sa’y-harakatlar muhokama qilindi. Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lum qilinishicha, Xonchorbog‘ mahallasida bugungi kunda 2819 nafar xotin-qiz istiqomat qiladi. Ularning manfaatlarini himoya qilish, muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.