Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Hudud infratuzilmasi – doimiy e’tiborda 

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari I.Qo‘chqorova hamda N.Turdiyevlar tomonidan Ko‘rkam diyor mahallasi Intilish ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi. 

🏢Unda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Xususan, binolarni ta’mirlash, tashqi ko‘rinishini yaxshilash hamda aholiga qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar tahlil qilindi. 

O‘rganish jarayonida deputatlar tegishli mas’ul tashkilot vakillari bilan muloqot o‘tkazib, ishlar sifatini yanada oshirish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish hamda aholining ehtiyojlarini inobatga olish yuzasidan aniq tavsiyalar berdilar. 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 5