Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat uchrashuvi

 Ijtimoiy himoya – aholi farovonligining muhim omili 

20-Qoraxtoy saylov okrugi deputati Ashurova Mohidil Qoraxtoy mahallasida ijtimoiy xizmatlar
ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi.
 

O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy
ehtiyojmand qatlamlariga xizmatlar qanday tashkil etilgani, kam ta’minlangan oilalarga
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari atroflicha
tahlil qilindi.
 

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi, adolatli taqsimlanishi va amaldagi tartib-qoidalarga
rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
 

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi
qonun hujjatlari hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi amaldagi me’yoriy-huquqiy
talablarga muvofiq ravishda amalga oshirildi.
 

O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash
tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 1