Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati D.Tuychiyeva tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida xonadonma-xonadon yurib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Yangiqishloq mahallasida yashovchi Safarova Hadicha xonadonida bo‘lib, uning ijtimoiy holati o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, oila boshlig‘i birinchi guruh nogironi, Safarova Hadicha esa ikkinchi guruh nogironi hisoblanadi. O‘rganish davomida oilaning muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi. Bu kabi ishlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.