Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar mehr ko‘rsatib, yolg‘iz keksalar holidan xabar oldi

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Aziza Bozorova boshchiligida bir guruh yoshlar Chortut mahallasida istiqomat qiluvchi yolg‘iz keksalar holidan xabar oldi.

Tashrif davomida yoshlar keksalar bilan samimiy suhbat qurib, ularning hol-ahvolidan xabar oldi, kundalik ehtiyojlari bilan qiziqdi hamda zarur yordam ko‘rsatdi. Ushbu ezgu tashabbus orqali yoshlar insonparvarlik, mehr-oqibat va e’tibor ko‘rsatish borasida barchaga ibrat bo‘ldi.

Bunday xayrli ishlar jamiyatda mehr-muruvvat muhitini mustahkamlash, keksalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1