Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat mahallada

Zomin tumani Kengashi deputati hududdagi fuqarolar murojaatini o‘rgandi. Murojaatda qishloqda eski transformatorning joyini o‘zgartirish masalasi ko‘tarilgan. Aholiga uzoqligi sababli transformator kuchlanishi past bo‘lib, elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan.

Murojaat yuzasidan deputat mahalla raisi bilan ham suhbat o‘tkazdi, muammo joyida o‘rganildi va transformator uchun aholiga yaqin joy belgilandi. Transformator ko'chirish va tarmog‘ining samarali va barqaror ishlashi bo'yicha amaliy choralar ko'rilishi tegishli tashkilotlar bilan kelishilishi tushuntirildi.

Deputat masala bo‘yicha nazoratni davom ettirib, aholi murojaati yuzasidan deputatlik so'rovi chiqarib tezkor va samarali hal qilishga choralarini ko'rishini ta'kidladi

Slide 1 of 3