Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

JARQISHLOQ MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH TASHABBUSI AMALGA OSHIRILDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati M.Nazarova tashabbusi bilan Jarqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi ishsiz xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularning kasb-hunar egallashiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish maqsadida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilib, 3 nafar ayolga Farg‘ona shahar kasbiy ko‘nikmalar markazi davlat muassasasida zamonaviy pardalar tikish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslariga bepul yo‘llanmalar berildi.

Ushbu tashabbus xotin-qizlarning kasb egallashi, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi hamda kelgusida o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlariga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3