Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TIBBIY CHIQINDILAR BILAN ISHLASH JARAYONI YAXSHILANDI

Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi deputati K.Xoldorova hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshloq tumani Kengashi raisi O.Nazirxo‘jayev tomonidan fevral oyida Xotinqumi mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi 53-oilaviy poliklinikada tibbiy xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena talablari, ekologik holat va tibbiy chiqindilar bilan ishlash jarayonlari o‘rganilgan edi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilgan. 

Mart oyi uchun belgilangan reja-grafikka muvofiq deputatlar K.Xoldorova va D.Jo‘rayevalar tomonidan Xotinqumi MFYda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ushbu masalaga alohida e’tibor qaratildi. (https://t.me/toshloqkengash/2039)  

Qayta o‘rganish natijasida tibbiy chiqindilarni saqlash holati yaxshilanib, berilgan ogohlantirishlar ijobiy hal etilgani ma’lum bo‘ldi.

Slide 1 of 4