Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATLAR AMALIY HARAKATDA: MUAMMO HAL ETILDI!

📌 DEPUTATLAR AMALIY HARAKATDA: MUAMMO HAL ETILDI!

Izboskan tumanida fuqarolarning murojaatlari doimiy e’tiborda!

Barhayot MFY, Navbahor ko‘chasi S-uyda yashovchi fuqaro Obidinov Soyibjon G‘ulomovich tomonidan bildirilgan murojaat uzoq vaqt — 3 oy davomida o‘z yechimini topmay kelayotgan edi.

Mazkur murojaatda fuqaroning 2006-yilda vafot etgan otasi — Obidinov Gulamjonning hujjatlarida xatolik mavjudligi, ya’ni 1989-yil 29-avgustdagi 204/8-sonli qarorda uning familiyasi “Obidinov Gulornqodir” tarzida noto‘g‘ri ko‘rsatilgani bayon etilgan. Ushbu holat esa huquqiy masalalarni rasmiylashtirishda jiddiy to‘siq bo‘lib kelayotgan edi.

💼 Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashi deputatlari tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda masalaga huquqiy yechim topildi.

✅ Natijada:


  • Mazkur holatni bartaraf etish bo‘yicha tuman Kengashi qarori tasdiqlandi

  • Ma’muriy hujjatga tegishli o‘zgartirish kiritish uchun huquqiy asos yaratildi

  • Fuqaroning murojaati amalda ijobiy hal etildi

⚖️ Ushbu ish orqali yana bir bor deputatlar tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilayotgani o‘z isbotini topdi.

🤝 Har bir murojaat e’tiborda — har bir muammo yechim topadi! 

Slide 1 of 1