Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
8-son maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash

#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati – kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov, deputat X. Haydarova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromovlar shahardagi 

8-son maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli va atroflicha o‘rganishdi.

 Ushbu tashrif davomida muassasada amalga oshirilayotgan barcha jarayonlar, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash shartlari, gigiyena va sanitariya qoidalariga rioya qilinishi, taomnomaning normativ talablar bilan mosligi va muassasa hududining obodonlashtirilishi sinchiklab baholandi.

O‘rganish jarayonida, avvalo, bolalar ovqatlanishi uchun ishlatilayotgan mahsulotlarning sifatiga alohida e’tibor qaratildi. Mahsulotlar saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus xonalar, ularning harorati, namlik darajasi va tozaligi tekshirildi. 

Shuningdek, oshxona va ovqat tayyorlash joylarida gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilinishi, xodimlarning sanitariya talablariga amal qilishi va oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash bo‘yicha mavjud tartiblar sinchiklab ko‘rildi.

Bundan tashqari, muassasa hududining obodonlashtirilishi va tartibga keltirilishiga alohida e’tibor qaratildi. Bolalar maydonchalari, o‘yin zonalari va umumiy hududlar tozaligi, tartib-intizomi, xavfsizlik sharoitlari o‘rganildi. Obodonlashtirish ishlari bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda o‘sishi, shuningdek, ularning o‘quv jarayonida qulay va quvnoq muhitda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi, ularni bartaraf etish va muassasada bolalarning xavfsiz, sifatli va sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. Shu bilan birga, bolalarning salomatligini muhofaza qilish va sifatli ovqatlanishni ta’minlashdagi tizimli ishlar doimiy nazoratga olingani ta’kidlandi.

Mazkur tekshiruv shahardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ovqatlanish sifatini oshirish va ularni xavfsiz muhitda tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarning namunasidir.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

| Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) | Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) | Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) | Instagram (https://www.instagram.com/madadnnt_/)

Slide 1 of 8