Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Navoiy Davlat Universitetida Navro‘z bayrami yuqori saviyada nishonlandi

Navoiy Davlat Universitetida Navro‘z bayrami yuqori saviyada nishonlandi

Navoiy Davlat Universitetida bahor faslining eng ulug‘ va qadimiy bayramlaridan biri — Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tantanali sayl yuqori saviyada tashkil etildi. Bayram tadbiri milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda milliy an’analarimizni keng targ‘ib etishga qaratildi.Tadbirda universitet rektori, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Kalonov Muxiddin Baxritdinovich ishtirok etib, yig‘ilganlarni Navro‘z bayrami bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik timsoli ekanini ta’kidlab, bu bayram insonlarni bir-biriga yanada yaqinlashtirishi, jamiyatda totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.Bayram sayli davomida milliy urf-odatlarimiz aks etgan ko‘rgazmalar, hunarmandchilik namunalari, milliy taomlar yarmarkasi tashkil etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va raqslar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Ayniqsa, Navro‘zga xos bo‘lgan milliy liboslar namoyishi hamda folklor chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.Shuningdek, sport musobaqalari, xalq o‘yinlari va turli tanlovlar tashkil etilib, unda talabalar faol ishtirok etdilar. G‘olib va faol qatnashchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.Mazkur bayram tadbiri nafaqat talaba-yoshlar, balki professor-o‘qituvchilar hamda mehmonlar uchun ham unutilmas taassurotlar qoldirdi. Navro‘z sayli orqali milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz yana bir bor namoyon etildi.

Slide 1 of 7