Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati o‘z saylov okrugida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi sessiyasida har chorakda deputatlarning saylovchilar oldida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berishi bo‘yicha reja-grafik tasdiqlangan. Mazkur grafik asosida bugun xalq deputatlari tuman Kengashiga 13-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat Pardayev Azamat Almardanovich tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov “Farovon ” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

✅Uchrashuv avvalida deputat 2025-yil davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati haqida batafsil axborot berdi. Jumladan, tumandagi ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, asfalt qoplamasi yotqizish ishlari sifatli tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

✅Belgilangan reja asosida joriy yilda tumandagi ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirilishi, ushbu rejaga “Farovon'” mahallasidagi yo‘llar ham kiritilgani aytib o'tildi.

✅Shuningdek, mahallada elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Aholining farovon yashashi yo‘lida davlatimiz rahbari e’tibori va qo‘llab-quvvatlovi bilan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari alohida qayd etildi.

✅Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan qator murojaatlar bildirildi. Xususan, elektr energiyasi ta’minoti, maishiy gaz ballonlarini o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish, chiqindilarni belgilangan kunlarda olib chiqish, ariqlarda oqar suv ta’minoti kabi masalalar ko‘tarildi. Ayrim murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

✅Deputat saylovchilar tomonidan bildirilgan masalalarni diqqat bilan ko‘rib chiqib, tegishli tushuntirish va tavsiyalar berdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.

✅Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

✅Yig‘ilish yakunida bunday uchrashuvlar har chorakda muntazam ravishda o‘tkazib borilishi ma’lum qilindi. 

Slide 1 of 7