Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyalar raislari
янв.21
Oshiq Ota mahallasida ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tizimli ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Quyidarg‘om mahallasi ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
Mahalladagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova ish rejaga muvofiq Olmazor tumanidagi “G‘ani Agzamov” mahallasida bo‘lib, hududdagi dolzarb masalalarni o‘rgandi. Unda Olmazor tumani 15-"Bo'stonobod" okrugi deputati Umida Fayziyeva hamkorlikda ishtirok etdi. O‘rganish jarayonida mahalladagi asosiy muammolardan biri sifatida maktab infratuzilmasi, xususan, 185-maktabda isitish tizimining eskirgani va ta’mirtalab holatda ekani aniqlangan. 

 Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tashabbusi bilan qariyb 1 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi. Mazkur mablag‘ moliyalashtirish jarayonidan o‘tkazilgach, tuman Kengashi deputatlari hamda mahalla rahbariyatiga ishlarni qat’iy nazoratga olish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Deputatlar o‘z nutqida ta’lim muassasalaridagi sharoitlarni yaxshilash, ayniqsa kuz-qish mavsumida isitish tizimining barqaror ishlashi o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun muhim omil ekanini ta’kidladi. Shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ta’lim va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holatini joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarni amaliy hal etish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish davomida hududdagi yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muhitni yaxshilash masalalariga ham e’tibor qaratilib, bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganish hududdagi muammolarni aniqlash, ularni tizimli ravishda hal etish hamda aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan amaliy qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 5