Yig‘ilish davomida tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida atroflicha axborot berildi.
Shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish, normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan savollar berilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Yig‘ilish yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi hamda masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilish uchun sessiyaga kiritish bo‘yicha xulosa qilindi.