Yig‘ilishda tuman prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan axborot hamda Ichki ishlar bo‘limi hisoboti tinglandi. Kun tartibida jinoyatchilik hamda korrupsiyaning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi samarali choralar, jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Deputatlar tomonidan mas’ul idoralar rahbarlariga aniq savollar berildi, mavjud muammolar bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Hisobotlar yuzasidan tegishli xulosalar qilindi.
Muhokamalar yakuniga ko‘ra, ko‘tarilgan masalalarni navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish, aniq chora-tadbirlar belgilash va ijroni nazoratga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qaror va takliflar aholi manfaatlariga xizmat qilishi, ochiqlik va qonuniylikni ta’minlashga qaratilgani alohida ta’kidlandi.