Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi huzuridagi mahalliy byudjet va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Pastdarg‘om tuman soliq inspeksiyasi boshligining hisoboti tinglandi. Unda tuman mahalliy byudjeti daromadlarining shakllanishi, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi, qo‘shimcha manbalarni aniqlash masalalari yuzasidan axborot berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha hisobot eshitildi. Unda fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar, ularning ijrosi hamda mablag‘larni o‘zlashtirish holati yuzasidan atroflicha ma’lumot taqdim etildi.
Yig‘ilish yakunida tegishli tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatilib, bildirilgan taklif va xulosalarni navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.