Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o'tdi.
янв.21
Tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining hisoboti doimiy komissiya yig‘ilishida eshitildi.
янв.21
Men ro'yxatdan o'tdim
янв.21
Mahalliy byudjet va iqtisodiy masalalar doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaat targ‘ibot
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga hamda o‘zbek xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi
янв.21
Prezident murojaati targ‘iboti
янв.21
murojaatnoma_targ‘iboti
“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida Tomdi tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida Tomdi tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana mamlakatimizda keng nishonlanadigan muhim bayramlardan biriga aylangan. Shu munosabat bilan Tomdi tumani markazida ham “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida keng qamrovli bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Orzumurod Umarov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi so‘zga chiqib, mamlakatimizning buyuk timsoli Davlat bayrog‘ining qabul qilinganiga 34 yil to‘lgani munosabati bilan barcha ishtirokchilarni samimiy muborakbod etdi. O‘z nutqida bayrog‘imiz xalq birdamligi, davlat mustaqilligi va milliy g‘urur ramzi ekanini ta’kidlab, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda bunday tadbirlarning ahamiyati katta ekanini qayd etdi.

Tadbir doirasida bayram ishtirokchilari tomonidan piyoda yurish tadbiri tashkil etildi. Yurishda turli jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar hamda fuqarolar faol ishtirok etib, Vatan ramzlariga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromini namoyon etdilar.

Slide 1 of 9