Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratilganmi?
янв.21
Korrupsiyaga duch kelganda qaysi raqamga murojaat qilishni bilasizmi?
янв.21
Ijtimoiy soha faoliyati deputat nazoratida
янв.21
Deputat va OAV vakillari bilan korrupsiyaga qarshi ochiq muloqot
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot: deputat 37-sonli jazoni ijro etish maxsus muassasasi yosh xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “Halollik darsi” o‘tkazildi
янв.21
Maktabgacha ta‘lim tashkiloti – deputat nazoratida
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligida hududlar holati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputat nazoratida
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi – mahalla taraqqiyotining muhim omili
Saylovchilar bilan uchrashuv va muammolar joyida o‘rganildi

Saylovchilar bilan uchrashuv va muammolar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari shahar kengashi deputati Davronov Komiljon saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida hududda joylashgan ijtimoiy uyning holati joyiga borib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy uyda bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, bino tom qismida nosozliklar, ichki kommunikatsiyalar (elektr va suv tarmoqlari) bilan bog‘liq muammolar, ayrim xonadonlarda ta’mirtalab holatlar hamda umumiy sanitariya holatini yaxshilash zarurligi qayd etildi. Shuningdek, atrof-muhitni obodonlashtirish, yoritish moslamalarini yangilash va xavfsizlik masalalari yuzasidan fuqarolar o‘z murojaatlarini bildirdi.

Aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga rasmiy murojaatlar yuborilib, ularni bartaraf etish yuzasidan nazorat o‘rnatildi. Mazkur masalalar doimiy e’tiborda bo‘lib, ijrosi bosqichma-bosqich kuzatib boriladi.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish va muammolarni joyida o‘rganish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati

Davronov Komiljon

Slide 1 of 1