Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Navbatdagi sessiya oldi o‘rganish ishlari

Navbatdagi sessiya kun tartibiga O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Pastdarg‘om tumani bo‘limi rahbari B. Kulmamatovning 2025-yilning 9 oyi davomida tumandagi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi yuzasidan hisoboti kiritilgan.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengash deputati J.Ochilov tomonidan tashkilot faoliyati o‘rganilib, jamg‘arma mablag‘larining maqsadli sarflanishi, mahallalardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida moliyaviy hisobotlar, amalga oshirilgan infratuzilma loyihalari, aholi ehtiyojlari uchun yo‘naltirilgan ishlar hamda mavjud kamchiliklar bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlandi.

Sessiyada ushbu masala bo‘yicha batafsil muhokama o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 3